← TezYoz

Maxfiylik

Yangilangan: 13-oktabr, 2026.

Qanday ma’lumot olinadi?

Google bilan kirishda Google hisob identifikatori, ism va tasdiqlangan email olinadi. Google parolingiz TezYoz’ga berilmaydi. Bu ma’lumot akkauntingizni tanish va mashq natijalarini unga bog‘lash uchun ishlatiladi.

Mashq natijalari

Tezlik, aniqlik, xatolar, vaqt va mashq sozlamalari server bazasida saqlanadi. Mashq maydonidagi kiritish ketma-ketligi natijani qayta hisoblash uchun serverga yuboriladi; xom ketma-ketlik bazaga yozilmaydi. Akkauntga kirib bajarilgan, reyting shartlariga mos mashqlar uchun ism, tezlik va aniqlik ommaviy reytingda ko‘rinadi. Email reytingda ko‘rsatilmaydi.

Cookie va brauzer tarixi

Mehmonni tanish uchun 30 kunlik, akkaunt sessiyasi uchun 7 kunlik cookie ishlatiladi. Natijalarning lokal nusxasi va mavzu tanlovi brauzerda ham saqlanadi. Chiqish akkaunt sessiyasini bekor qiladi; brauzer ma’lumotlarini tozalash lokal tarixni o‘chiradi, serverdagi natijalarni o‘chirmaydi.

Xizmatlar va saqlash

Ilova va natijalar loyiha serverida saqlanadi. Google autentifikatsiyani, Cloudflare esa saytga himoyalangan ulanish va trafik uzatishni ta’minlaydi. Ular o‘z xizmatlarini ko‘rsatishda tarmoq va texnik ma’lumotlarni qayta ishlashi mumkin. Serverdagi akkaunt va natijalar uchun hozircha avtomatik o‘chirish muddati belgilanmagan.

Murojaat va o‘chirish

Ma’lumotlaringiz haqida savol yoki akkaunt va natijalarni o‘chirish so‘rovi uchun [email protected] manziliga yozing. So‘rov akkaunt egasiga tegishli ekanini tekshirish talab qilinishi mumkin.